Asl smeta faylimga biror narsa bo‘ladimi?
Yo‘q. Dastur asl faylni o‘zgartirmaydi — natija doimo yangi faylga saqlanadi.
Narxnomada topilmagan resurslar bo‘lsa-chi?
Narx va summa kataklari bo‘sh qoldiriladi, shu qatorlar alohida .txt ro‘yxatga yoziladi. Taxminiy son kiritilmaydi.
Menda Ф2 varag‘i allaqachon bor
Qo‘llab-quvvatlanadi: narxlar G ustunida bo‘lsa, dastur formulalarni qo‘yib hisoblab beradi.
Bir nechta smetani birdaniga qilsa bo‘ladimi?
Ha. «Папкадаги ҲАММА файллар учун Ф2» belgisini yoqib papkani ko‘rsating: dastur nechta smeta topganini aytadi, tasdiqlaganingizdan keyin har biri uchun alohida Ф2 tayyorlaydi. Har bir saqlangan Ф2 — bitta hujjat.
Акт скрытых работ ham chiqaradimi? Hisob qanday?
АКТ tabida smetadagi ishlarni belgilaysiz — barchasi bitta Word faylga, har akt alohida sahifada yoziladi. Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar, bitta fayl litsenziyadan bitta hujjat sarflaydi.
AutoCAD chizmasidan smeta qila oladimi?
Ha, 1.33 dan boshlab Windows dasturida: «Chizmadan smeta» tabida .dwg / .dxf chizmani yoki papkani tanlaysiz. Dastur chizmaning o‘zidan sanaydi va chizmadagi jadval bilan solishtiradi — farq bo‘lsa, smetaga chizmadagi son olinadi va qator belgilanadi. Chizmani dasturning o‘zida ko‘rish mumkin, AutoCAD o‘rnatish shart emas. Ishlar va me’yorlar ofisingizning tayyor smetalaridan olinadi, shuning uchun ularning papkasini bir marta ko‘rsatasiz.
QurQiymat smetasini qabul qiladimi?
Ha, 1.34 dan boshlab. QurQiymat bitta .xls faylga ikki varaq yozadi — «Локально-ресурсная ведомость» (ishlar va resurslar) va «Сводно-ресурсная ведомость» (narxlar). Dastur ularni sarlavhasidan taniydi va ABC4 juftligi kabi formulali Ф2 yasaydi; QurQiymat’ning o‘ziga xos tartibi (hajm F ustunida, kod bilan kiritilgan materiallar, РАЗДЕЛ so‘zisiz bo‘limlar) hisobga olingan. Svodkada nomi boshqacha yozilgan resurs kodi bo‘yicha topiladi — bunday qatorlar muammolar logida ko‘rsatiladi.
ИТОГО (svodka) qatorlarini o‘zgartirsa bo‘ladimi?
Ha, 1.35 dan boshlab Windows dasturida: «ИТОГО qatorlari…» tugmasi. Keraksiz qatorni galochkadan olasiz — xarajat bo‘lsa jamiga kirmaydi, oraliq jami bo‘lsa faqat ko‘rinmaydi. «+» bilan o‘z qatoringizni qo‘shasiz: foiz (qaysi qatordan hisoblanishini tanlaysiz) yoki qat’iy summa. Ф3 ning ИТОГО / НДС / ВСЕГО qatorlari ham shu yerda; НДС olinsa, Ф3 «без НДС» chiqadi. Tanlov keyingi Ф2 larga ham qo‘llanadi; kitobdagi tayyor Ф2 ning o‘z svodkasiga tegilmaydi.
Litsenziya qanday ishlaydi?
Ikki usul bor. Onlayn hisob — balans hujjat sonida, vebda ham, dasturda ham bitta; hisobga 2 ta kompyuter ulanadi. Oflayn kalit — aynan shu kompyuterga bog‘lanadi va sotib olingan hujjatlar tugaguncha muddatsiz, internetsiz ishlaydi. Tartibi — qo‘llanmaning 03-qismida.
Internet kerakmi?
Oflayn kalit bilan — umuman kerak emas. Bepul sinovda har bir hujjatni saqlash uchun internet kerak. Onlayn hisob bilan dastur ochilganda va har saqlangan hujjatdan keyin serverga bitta so‘rov yuboradi; aloqa uzilsa yana 15 daqiqagacha ishlayveradi, keyin internetni so‘raydi. Smeta fayllaringiz hech qayerga yuborilmaydi — serverga faqat kompyuter kodi, dastur versiyasi, dastur fayllarining nazorat yig‘indisi va hujjatlar soni boradi.
Kabinetda bepul sinov bormi?
Yo‘q. 15 ta bepul hujjat — faqat Windows dasturida, o‘rnatgan zahoti va ro‘yxatdan o‘tishsiz. Kabinetda hisob 0 dan boshlanadi: ro‘yxatdan o‘tish bepul, hujjat tayyorlash uchun paket kerak.
To‘lovni qanday qilaman?
Kabinetning «Paket» bo‘limidan ariza yuborasiz yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilasiz. Biz bog‘lanib to‘lovni kelishamiz; to‘lovdan keyin paket ochiladi va balans darhol ko‘rinadi. Bo‘lib to‘lash mumkin. Batafsil — qo‘llanmaning 02-qismida.
Ikki kompyuterda bir vaqtda ishlasa bo‘ladimi?
Hisobga 2 ta kompyuter ulanadi, lekin bir vaqtda bittasi ishlaydi. Ikkinchisiga o‘tish uchun birinchisidagi dasturni yoping — navbat darhol bo‘shaydi. Dastur yopilmay o‘chib qolgan bo‘lsa (svet ketdi) — 15 daqiqada o‘zi bo‘shaydi.
Kompyuterni almashtirdim yoki Windows qayta o‘rnatildi
Onlayn hisobda: kabinet → «Qurilmalar» → eski kompyuterni o‘chiring, yangisida login-parol bilan kiring — balans joyida. Oflayn kalitda kod o‘zgaradi: yangi kompyuter kodini bizga yuboring.
Parolni unutdim
Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing — ro‘yxatdagi telefon bo‘yicha tekshirib, parolni tiklab beramiz. Keyin kabinetning «Hisob» bo‘limida o‘zingiznikiga almashtiring.