Qurilish smetasi uchun Excel yordamchisi

Ф2 ni qo‘lda emas,
ishonch bilan tayyorlang.

ABC4 yoki TN qurilish smetasini bering. PTO.uz siz uchun formulasigacha bog‘langan, tekshirishga tayyor Ф2 formasini yaratadi.

15 ta hujjat bepulKarta va ro‘yxatdan o‘tishsiz

Ф2 — tayyor hisob-kitob

•••
PTO.uz tayyorlagan Ф2 formasi
ƒx=G19×F19✓
✓
Jonli formulalarHajm o‘zgarsa, jami ham yangilanadi
01
Asl fayl saqlanadiNatija alohida faylga yoziladi
3hujjat turi: Ф2,
Оферта, Акт
100%Excel ichidagi
jonli formulalar
3oddiy qadamda
tayyor natija
0asl smetaga
kiritilgan o‘zgarish

Hisob-kitob — sizning nazoratingizda. Natijani Excel’da xohlagan paytingiz tekshiring va o‘zgartiring.

ABC4TN qurilishWindows 10/11DGU 68333
Nega PTO.uz

Murakkab hisobni
oddiy ish oqimiga aylantiring.

Qo‘lda ko‘chirish, mos kelmagan narxlarni qidirish va qayta hisoblash o‘rniga dastur takrorlanuvchi ishni bajaradi. Siz esa natijani tekshirasiz.

01
ƒx

Hamma joyda formula

Miqdor, narx, summa, bo‘lim va ИТОГО jamlari — sonlar qotib qolmaydi. Excel’da hajmni almashtiring, barcha bog‘liq hisoblar yangilanadi.

Jami=SUM(H19:H324)
02
⌘

Asl fayl daxlsiz

Natija doimo yangi faylga saqlanadi. Turli variantlarni bemalol tekshirishingiz mumkin.

03
⌕

Narxni aqlli qidiradi

Kod bo‘sh bo‘lsa ham nom bo‘yicha topadi, o‘lchov birligini solishtiradi.

04
▤

Qo‘shimcha vedomost

Materiallar ro‘yxati bo‘limlarga ajratilib, Ф2 bilan bog‘langan holda tayyorlanadi.

1.13 → 1.22 · yangi

Bir oyda qo‘shilgan imkoniyatlar.

Sentabr yangilanishlari: butun papka uchun Ф2, Акт скрытых работ, tender oфертаси va varaq nomiga bog‘liq bo‘lmagan fayl tanish.

05
A

Акт скрытых работ — smetadan, Word’da

АКТ tabida smetadagi ishlar ro‘yxati chiqadi. Kerakli ishlarni belgilang — har biri alohida sahifada akt bo‘ladi: materiallar smetadan olinadi, keyingi ish nomi «последующие работы» qatoriga o‘zi tushadi. Komissiya bir marta yoziladi va eslab qolinadi.

Приложение №6ШНК 3.01.01-22
06
▣

Butun papka — bir yo‘la

Papkani ko‘rsating: har bir smeta uchun alohida Ф2. Avval nechta fayl topilgani aytiladi, siz tasdiqlaysiz — natijalar har fayl yonida saqlanadi.

07
₮

Оферта — tender narxlash

Narxsiz _ЛРВ dan to‘liq _РС tuziladi: narxlar katalog bazasidan, topilmaganini o‘zingiz tanlaysiz — dastur eslab qoladi.

08
≡

Varaq nomi muhim emas

«Лист1» / «Лист2» bo‘lsa ham smetani sarlavhasidan taniydi. ABC4 va TN qurilish — ikkalasi ham, papka rejimida ham.

09
Aa

3 til, 2 ko‘rinish

O‘zbek (kirill va lotin) hamda rus tili; yorug‘ va qorong‘i mavzu. Excel o‘rnatilmagan kompyuterda ham ishlaydi.

Aniq va sodda jarayon

Uch qadam — tayyor Ф2

Murakkab sozlamalar yo‘q. Ishingizni tez boshlash uchun faqat kerakli narsalar qoldirilgan.

01
_ЛРВ_РС

Smetani tanlang

Faylni oynaga tashlang yoki kerakli papkani ko‘rsating. Format avtomatik aniqlanadi.

02
ƒx

Generatsiyani bosing

Dastur narxlarni solishtiradi, formulalarni joylaydi va bo‘limlarni hisobga oladi.

03
✓

Natijani saqlang

Tayyor hujjat alohida fayl sifatida saqlanadi. Tekshiring, davom ettiring yoki yuboring.

Haqiqiy natija

Ko‘zingiz bilan
tekshirib ko‘ring.

Quyidagi skrinshotlar maket emas — haqiqiy smetadan yaratilgan natijalar. Kerakli ko‘rinishni tanlang.

Tayyor Ф2

Har bir summa formuladan olinadi. Formula satrida =G19×F19 kabi bog‘lanishlarni ochib tekshirishingiz mumkin.

Jonli formulali tayyor Ф2 formasi
Haqiqiy Excel natijasi
Yangiliklar

1.12 dan 1.22 gacha —
nimalar o‘zgardi.

Har bir yangilanish o‘rnatilgan dasturda o‘zi paydo bo‘ladi: yangi MSI ni ustidan o‘rnatasiz, litsenziya va sozlamalar joyida qoladi.

  1. 1.22

    Varaq nomiga bog‘liq emas

    «_ЛРВ» / «_РС» nomli varaq topilmasa, dastur uni sarlavhasidan taniydi — «ЛОКАЛЬНАЯ РЕСУРСНАЯ ВЕДОМОСТЬ» va «ЛОКАЛЬНЫЙ РЕСУРСНЫЙ СМЕТНЫЙ РАСЧЕТ» (odatda C5 katak). ABC4 va TN qurilish uchun ham.

  2. 1.21

    АКТ — Акт скрытых работ

    Yangi tab: smetadagi ishlar ro‘yxati, har ishning materiallari, keyingi ish zanjiri, komissiya rekvizitlari. Natija — Word fayl, har akt alohida sahifada. Bitta fayl — litsenziyadan bitta hujjat.

  3. 1.20

    Papka rejimi

    Papkadagi (va ichki papkalardagi) barcha smetalar uchun bir yo‘la Ф2. Avval nechta fayl topilgani va nechta Ф2 tayyorlanishi aytiladi; litsenziya yetmasa — qolgan limit bilan davom etish yoki bekor qilish taklif qilinadi.

  4. 1.19

    Narx bazasi o‘zi yangilanadi

    Yangi versiya bilan kelgan katalog bazasi avtomatik almashadi, siz kiritgan narxlar saqlanib qoladi. Narx tanlash oynasida «Каталогдан / Қўлда» filtri.

  5. 1.18

    Tayyor narx bazasi dastur ichida

    Оферта uchun kataloglar MSI bilan birga keladi — Excel yoki PDF kataloglarni ochish shart emas. Qo‘lda kiritilgan narxlar keyingi smetada o‘zi taklif qilinadi.

  6. 1.17

    ШНК kod kitobi

    123 mingdan ortiq resurs kodi, kod va nom mosligini tekshirish, oфертада narx tanlash oynasi: topilmagan yoki bir necha narxli resurslarni bir joyda hal qilasiz.

  7. 1.13–1.16

    Yangi dizayn va ОФЕРТА

    Tablar, yorug‘ va qorong‘i mavzu. ОФЕРТА tabi: narxsiz tender smetasidan (_ЛРВ) to‘liq _РС tuziladi, narxlar katalogdan qo‘yiladi, topilmaganlari qizil bo‘sh qoladi. НАСТРОЙКА: kataloglarni ulash.

PTO-UZ dasturining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, № DGU 68333
Kattalashtirib o‘qish uchun bosing
Rasmiy hujjat

Dastur davlat
reyestridan o‘tgan.

PTO-UZ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan dastur. Quyidagi guvohnomaning asl PDF nusxasini ochib, undagi QR kod orqali tekshirishingiz mumkin.

Guvohnoma raqami
№ DGU 68333
Ro‘yxatdan o‘tgan sana
21.08.2026
Talabnoma raqami
DT 202609813
Ro‘yxatga oluvchi organ
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Huquq egasi va muallif
Ochilov Humoyun Ravshon o‘g‘li
Asl PDF nusxasini ochish ↗
Oddiy narxlash

Faqat ishlatganingiz uchun to‘lang.

Obuna va muddat yo‘q. Sotib olingan hujjatlar tugaguncha — cheksiz paketda esa umuman cheklovsiz — ishlataverasiz.

Eng ko‘p tanlanadi

Doimiy ish uchun

120 ta Ф2

$100

bittasi $0.83

Sotib olish →

Cheksiz ish uchun

Cheksiz Ф2 hujjat

$300

hujjat sanalmaydi

Sotib olish

Kerakli hajm boshqachami? 300 yoki 5 000 ta hujjat, bo‘lib to‘lash yoki boshqa shart uchun bog‘laning — sizga mos variantni taklif qilamiz. Paket uchun arizani onlayn kabinetdan ham yuborsangiz bo‘ladi: arizani ko‘rib, o‘zimiz bog‘lanamiz. To‘lov tartibi — qo‘llanmada.

Qo‘llanma

Kabinet, to‘lov, aktivatsiya —
hammasi shu yerda.

Dasturdan foydalanish uchun bilish kerak bo‘lgan hamma narsa: hisob qanday tuziladi, pul qanday to‘lanadi, kompyuter qanday ulanadi, hujjat qanday olinadi. Besh qism, har biri ikki daqiqalik o‘qish.

01

Kabinet nima?

app.pto.uz — PTO.uz’ning veb kabineti. Bu sizning hisobingiz: balans, kompyuterlar, arizalar va tarix shu yerda turadi. Va ayni paytda ish joyi ham: smetani brauzerga tashlab, tayyor Ф2, oferta yoki aktni shu yerdan yuklab olasiz — hech narsa o‘rnatmasdan, istalgan kompyuterdan.

1 hisobVebda ham, dasturda ham

Bitta login. Ofisda Windows dasturi, uyda brauzer — ikkalasi bitta balansdan sarflaydi va bitta tarixga yozadi.

1 hujjatBalans birligi

Tayyor Ф2, oferta yoki akt fayli — 1 ta hujjat. Muddat, obuna, oylik to‘lov yo‘q: sotib olganingiz tugaguncha ishlataverasiz.

2 kompyuterBitta hisobga

Ish stoli va noutbuk — ikkalasi ham hisobga ulanadi, lekin bir vaqtda bittasi ishlaydi. Ko‘proq kerak bo‘lsa — gaplashamiz.

Kabinetning to‘qqiz bo‘limi

Generatsiya

Smeta faylini tashlang — formulali Ф2. Materiallar varag‘i, накопительный davrlar, Ф3 (справка-счёт-фактура) va papka rejimi shu yerda.

Oferta

Tenderning narxsiz _ЛРВ idan to‘liq _РС va Ф2: viloyat va kvartalni tanlaysiz, topilmagan narxlarni jadvalda hal qilasiz.

Akt

Акт скрытых работ: smetadagi ishlarni belgilaysiz, komissiyani bir marta yozasiz — Word fayl tayyor.

Narxnoma

Qaysi narx kitoblari va kvartallar yuklangani. Pastida — o‘zingiz kiritgan narxlar; keraksizini o‘chirasiz.

Paket

Balans, paket tanlash va ariza yuborish. Arizalar tarixi va bizning raqamlar ham shu yerda.

Qurilmalar

Hisobga ulangan kompyuterlar: qaysi biri qancha sarflagan, oxirgi faollik. Eskisini o‘chirib, yangisini qo‘shasiz.

Tarix

Balansga qo‘shilgan va sarflangan har bir hujjat: sana, turi, o‘zgarish va qoldiq.

Hisob

Ism, telefon va parolni o‘zgartirish. Parol almashsa, boshqa hamma joydan chiqib ketadi.

Yordam

Qabul qilinadigan fayllar, cheklovlar va qisqa qo‘llanma — kabinetning o‘zida, uch tilda.

!

Ro‘yxatdan o‘tish — bir daqiqa: ism yoki tashkilot, telefon, parol. Login ixtiyoriy — bo‘sh qolsa telefon raqamingiz login bo‘ladi. Karta so‘ralmaydi. Yangi hisob 0 balans bilan ochiladi: kabinetda bepul sinov yo‘q — 15 ta bepul hujjat faqat Windows dasturida.

Dastur yoki kabinet — qaysi biri sizga?

Windows dasturiKabinet (brauzer)
O‘rnatishMSI, bir marta; yangi versiya ustidan o‘rnatiladiKerak emas — havolani ochasiz
InternetOflayn kalit bilan — umuman kerak emas; onlayn hisob bilan — dastur ochilganda va har hujjatdan keyinKerak
Bepul sinov15 ta hujjat, ro‘yxatdan o‘tishsizYo‘q — paketdan boshlanadi
Ф2, Oferta, Akt, накопительный, papkaHammasiHammasi — o‘sha dvigatel
Papka rejimi natijasiHar smeta yonida …_fo2.xlsxBitta ZIP, bir safarda 60 tagacha fayl
Narx kitoblari (oferta uchun)Ofisning o‘z bazasi — yangi kvartalni o‘zingiz yuklaysizUmumiy baza — biz yuklaymiz, siz ko‘rasiz
Smeta fayli qayerdaKompyuteringizda qoladiServerga yuklanadi, hujjat tayyor bo‘lgach o‘chadi
To‘lovOflayn kalit yoki hisob balansiHisob balansi
02

To‘lov qanday qilinadi?

Sahifada karta raqami ham, avtomatik to‘lov oynasi ham yo‘q — har bir mijoz bilan gaplashib, hajmi va shartini kelishamiz. Narxlar yuqorida: 50 ta — $50, 120 ta — $100, cheksiz — $300; boshqa hajm — kelishilgan narxda. Jarayon to‘rt qadam.

1

Paketni tanlang

Kabinetda Paket bo‘limi: tayyor paketni bosing yoki kerakli sonni o‘zingiz yozing va Ariza yuborish. Kabinetga kirmasdan ham bo‘ladi — qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing.

2

Biz bog‘lanamiz

Ro‘yxatdagi telefoningizga qo‘ng‘iroq qilamiz: hajm, narx va to‘lov tartibini kelishamiz. Bo‘lib to‘lash mumkin, katta hajmga alohida narx.

3

Paket ochiladi

To‘lov kelgach admin paketni ochadi — balans o‘sha zahoti kabinetda ham, dasturda ham ko‘rinadi. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi: kod ham, kalit ham, fayl ham.

4

Har harakat — tarixda

Qo‘shilgan paket va sarflangan har bir hujjat sana bilan Tarix bo‘limiga yoziladi, yonida qoldiq. Savol tug‘ilsa, javob daftardan o‘qiladi.

Nima qildingizBalansdan
Bitta Ф2 (1–3 fayldan)1
Papka rejimi — 12 ta Ф2 chiqdi12
Oferta — _РС va Ф2 bitta faylda1
Akt — bitta Word fayl, ichida 7 ta akt1
Oferta tahlili, ishlar ro‘yxatini o‘qish0
Generatsiya xato berdi0
Muammoli qatorlar hisoboti (.txt)0

Balans qoidalari

  • Hujjat tayyor bo‘lgandan keyin yechiladi — o‘qilmagan yoki buzuq smeta uchun to‘lamaysiz.
  • Cheksiz paketda hujjat sanalmaydi: balans o‘rnida «Cheksiz» turadi.
  • Balans tugasa dastur to‘xtaydi, hisob esa yo‘qolmaydi — yangi paketdan keyin o‘sha joydan davom etasiz.
  • Oflayn kalit ham sotiladi — hisob ochmasdan, kompyuter kodi bo‘yicha. Narxlar bir xil, tartibi quyida.
03

Aktivatsiya: ikki yo‘l

Windows dasturi o‘rnatilgan zahoti ishlaydi — birinchi 15 ta hujjat bepul, hech narsa so‘ramaydi. Keyin ikki yo‘ldan birini tanlaysiz; ikkalasi ham dasturning ЛИЦЕНЗИЯ tabida.

Tavsiya etiladi

Onlayn hisob bilan

Kabinetdagi balans dasturda ham ishlaydi. Kalit, kod, fayl — hech narsa ko‘chirilmaydi.

  1. app.pto.uz da ro‘yxatdan o‘ting va paket oling (02-qism).
  2. Dasturda ЛИЦЕНЗИЯ → ОНЛАЙН ҲИСОБ: login (yoki telefon) va parolni kiriting, Кириш.
  3. Tayyor. Kompyuter hisobga o‘zi bog‘lanadi, sarlavhada «Ҳисоб: яна N та Ф2» chiqadi. Har saqlangan hujjat balansdan yechiladi.

Teskari yo‘l ham bor: kabinet → Qurilmalar → dasturdagi 16 belgili kompyuter kodini kiritib qo‘shasiz.

  • Internet: dastur ochilganda va har hujjatdan keyin serverga bitta so‘rov. Aloqa uzilsa yana 15 daqiqagacha ishlaydi, keyin internetni so‘raydi.
  • Bir vaqtda bitta kompyuter: ikkinchisiga o‘tish uchun birinchisidagi dasturni yoping — navbat darhol bo‘shaydi.
  • Kompyuter almashsa: kabinetda eskisini o‘chirasiz, yangisida login-parol bilan kirasiz. Balans joyida.
Internetsiz ish uchun

Oflayn kalit bilan

Eski, sinalgan usul: kalit aynan shu kompyuterga bog‘lanadi va serverga umuman qaramaydi.

  1. ЛИЦЕНЗИЯ tabidagi «Шу компьютернинг коди» ni Нусха олиш bilan ko‘chiring.
  2. Kodni bizga yuboring — telefon yoki Telegram. To‘lovni kelishamiz, kalitni o‘sha kuni tayyorlaymiz.
  3. Kalitni 2) maydoniga qo‘yib Активация қилиш ni bosing. Fayl bo‘lib kelsa — Файлдан юклаш (.lic).
  • Muddatsiz: sotib olingan hujjatlar tugaguncha ishlaydi. Internet kerak emas.
  • Yangi kalit kiritganda eskisidan qolgan hujjatlar yo‘qolmaydi — yangisiga qo‘shiladi.
  • Kompyuter almashsa — yangi kod chiqadi: bizga yuboring, kelishamiz.
i

Yangilanish. Yangi versiyani pto.uz dan yuklab, eskisining ustidan o‘rnatasiz — litsenziya, hisob va sozlamalar joyida qoladi. Juda eski nusxaga server «Дастурни янгиланг» deydi: shunda ham faqat MSI ni qayta o‘rnatish kifoya.

04

Kabinetda qanday ishlanadi?

Windows dasturidagi uch qadam yuqorida. Brauzerda mantiq o‘sha: fayl → sozlama → tugma → yuklab olish. Kabinet o‘zbek (kirill va lotin) va rus tillarida, yorug‘ va qorong‘i ko‘rinishda ishlaydi; .xlsx, .xlsm, .xls qabul qiladi, bir safarda 35 MB gacha.

Ф2 — bajarilgan ishlar akti

1 hujjat
  1. Generatsiya bo‘limiga smeta faylini tashlang. _ЛРВ va _РС alohida faylda bo‘lsa — ikkalasini birga (1–3 ta fayl).
  2. Kerakli belgilarni qo‘ying: narxlar son sifatida, materiallar varag‘i, Ф3 (справка-счёт-фактура) rekvizitlari bilan, накопительный davrlar va qoldiq ustuni.
  3. Generatsiya qil → Yuklab olish. Muammoli qatorlar bo‘lsa, yonida .txt hisobot.

Tayyor fayl 60 daqiqa turadi, keyin o‘chadi. Tanlovlaringiz hisobda eslab qolinadi.

Papka rejimi — ko‘p smeta bir yo‘la

har Ф2 — 1 hujjat
  1. Butun papka belgisini yoqing.
  2. 60 tagacha smeta faylini tashlang — har biri alohida smeta deb tushuniladi.
  3. Generatsiya qil → bitta ZIP, ichida har smeta uchun o‘z Ф2 si.

Balans har fayldan oldin tekshiriladi. Yo‘lda tugasa — tayyor bo‘lganlari baribir ZIPga tushadi, yasalmagani uchun hech narsa yechilmaydi.

Oferta — tender narxlash

1 hujjat
  1. Viloyat va kvartalni tanlang, tender faylini (_ЛРВ) tashlang → Tahlil qil — bepul.
  2. Jadvalda kitob topgan narxlar tayyor turadi. «Tanlang» va «topilmadi» qatorlarida variantni tanlaysiz yoki narxni qo‘lda yozasiz — dastur keyingi safar uchun eslab qoladi.
  3. Oferta yasa → to‘liq _РС va Ф2 bitta faylda.

Yuklangan fayl ikkinchi qadamni ko‘pi bilan 40 daqiqa kutadi, keyin o‘chadi.

Akt — Акт скрытых работ

1 hujjat
  1. Smeta faylini tashlang → Ishlarni o‘qi — bepul. Ishlar ro‘yxati materiallari bilan chiqadi.
  2. Akt bo‘ladigan ishlarni belgilang; komissiya va rekvizitlarni to‘ldiring — bir marta, keyin eslab qolinadi.
  3. Akt yasa → Word (.docx), har akt alohida sahifada, keyingi ish nomi o‘zi tushadi.

Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar — bitta fayl, bitta hujjat.

05

Fayllaringiz va hisobingiz

Smeta — tijorat hujjati. Shuning uchun kabinet unga qanday munosabatda bo‘lishini aniq aytamiz, va bu va’dalar kodning o‘zidan kelib chiqadi.

✓

Smeta serverda qolmaydi

Yuklangan fayl Ф2 yozilishi bilan o‘chiriladi. Oferta va aktda u ikkinchi qadamni kutadi — ko‘pi bilan 40 daqiqa, keyin baribir o‘chadi.

✓

Natija — 60 daqiqa

Tayyor hujjat bir soat turadi: uzilgan yuklashni qayta boshlash yoki boshqa kompyuterdan olish uchun. «Serverdan hozir o‘chirish» tugmasi soatni kutmaydi.

✓

Narxlaringiz — faqat sizniki

Ofertada kiritgan narxlar hisobingizga bog‘lanadi. Boshqa mijoz ularni hech qachon ko‘rmaydi, umumiy katalogga smetangizdan hech narsa yozilmaydi.

✓

Tarixda — faqat nom

Hisob daftarida faylning nomi va sanasi qoladi, faylning o‘zi emas. Generatsiyalar arxivi yo‘q — bu ataylab.

✓

Parol va sessiya

Parol xesh ko‘rinishida saqlanadi. Parolni almashtirsangiz, hamma brauzer va dasturdan chiqib ketadi — sizdan boshqa. Unutsangiz — qo‘ng‘iroq qiling, tiklab beramiz.

✓

Windows dasturi — kompyuteringizda

Smeta fayllari hech qayerga yuborilmaydi. Onlayn hisobda serverga faqat kompyuter kodi va sarflangan hujjat soni boradi.

Boshlash

Avval sinab ko‘ring.
Keyin qaror qiling.

Windows dasturi 15 ta hujjatni bepul beradi. Kabinetda ro‘yxatdan o‘tish bepul — hujjat tayyorlash uchun paket kerak. Ikkalasi bitta hisobga ulanadi.

PTO-UZ dasturining belgisiWindows dasturi

Avval ishlatib ko‘ring.
Keyin qaror qiling.

Birinchi 15 ta Ф2 bepul. Karta kerak emas, ro‘yxatdan o‘tish kerak emas. Yoqsa, kompyuter kodingiz orqali kalit olasiz.

Windows uchun yuklab olish ↓Windows 10/11 · 64-bit · ~59.3 MB · Qo‘shimcha dastur talab qilinmaydi · versiya 1.23.1
Savollar

Ko‘p so‘raladigan
savollarga javoblar.

Yana savolingiz qolsa, pastdagi raqamlardan bog‘laning. Javob beramiz.

Asl smeta faylimga biror narsa bo‘ladimi?

Yo‘q. Dastur asl faylni o‘zgartirmaydi — natija doimo yangi faylga saqlanadi.

Narxnomada topilmagan resurslar bo‘lsa-chi?

Narx va summa kataklari bo‘sh qoldiriladi, shu qatorlar alohida .txt ro‘yxatga yoziladi. Taxminiy son kiritilmaydi.

Menda Ф2 varag‘i allaqachon bor

Qo‘llab-quvvatlanadi: narxlar G ustunida bo‘lsa, dastur formulalarni qo‘yib hisoblab beradi.

Bir nechta smetani birdaniga qilsa bo‘ladimi?

Ha. «Папкадаги ҲАММА файллар учун Ф2» belgisini yoqib papkani ko‘rsating: dastur nechta smeta topganini aytadi, tasdiqlaganingizdan keyin har biri uchun alohida Ф2 tayyorlaydi. Har bir saqlangan Ф2 — bitta hujjat.

Акт скрытых работ ham chiqaradimi? Hisob qanday?

АКТ tabida smetadagi ishlarni belgilaysiz — barchasi bitta Word faylga, har akt alohida sahifada yoziladi. Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar, bitta fayl litsenziyadan bitta hujjat sarflaydi.

Litsenziya qanday ishlaydi?

Ikki usul bor. Onlayn hisob — balans hujjat sonida, vebda ham, dasturda ham bitta; hisobga 2 ta kompyuter ulanadi. Oflayn kalit — aynan shu kompyuterga bog‘lanadi va sotib olingan hujjatlar tugaguncha muddatsiz, internetsiz ishlaydi. Tartibi — qo‘llanmaning 03-qismida.

Internet kerakmi?

Oflayn kalit bilan — umuman kerak emas. Onlayn hisob bilan dastur ochilganda va har saqlangan hujjatdan keyin serverga bitta so‘rov yuboradi; aloqa uzilsa yana 15 daqiqagacha ishlayveradi, keyin internetni so‘raydi. Smeta fayllaringiz hech qayerga yuborilmaydi — serverga faqat kompyuter kodi va hujjat soni boradi.

Kabinetda bepul sinov bormi?

Yo‘q. 15 ta bepul hujjat — faqat Windows dasturida, o‘rnatgan zahoti va ro‘yxatdan o‘tishsiz. Kabinetda hisob 0 dan boshlanadi: ro‘yxatdan o‘tish bepul, hujjat tayyorlash uchun paket kerak.

To‘lovni qanday qilaman?

Kabinetning «Paket» bo‘limidan ariza yuborasiz yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilasiz. Biz bog‘lanib to‘lovni kelishamiz; to‘lovdan keyin paket ochiladi va balans darhol ko‘rinadi. Bo‘lib to‘lash mumkin. Batafsil — qo‘llanmaning 02-qismida.

Ikki kompyuterda bir vaqtda ishlasa bo‘ladimi?

Hisobga 2 ta kompyuter ulanadi, lekin bir vaqtda bittasi ishlaydi. Ikkinchisiga o‘tish uchun birinchisidagi dasturni yoping — navbat darhol bo‘shaydi. Dastur yopilmay o‘chib qolgan bo‘lsa (svet ketdi) — 15 daqiqada o‘zi bo‘shaydi.

Kompyuterni almashtirdim yoki Windows qayta o‘rnatildi

Onlayn hisobda: kabinet → «Qurilmalar» → eski kompyuterni o‘chiring, yangisida login-parol bilan kiring — balans joyida. Oflayn kalitda kod o‘zgaradi: yangi kompyuter kodini bizga yuboring.

Parolni unutdim

Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing — ro‘yxatdagi telefon bo‘yicha tekshirib, parolni tiklab beramiz. Keyin kabinetning «Hisob» bo‘limida o‘zingiznikiga almashtiring.

Bog‘lanish

Ф2 masalasini
birga hal qilamiz.

Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali yozing. Kompyuter kodingizni yuborsangiz, kalitni o‘sha kuni tayyorlab beramiz.